8.09.25 Tanishingiz yangi nom: Farzod! | |
Farzod 13 yoshidan boshlab raqs san'ati bilan shug'ullanib keladi. 20 yoshga kirganda turli klip va reklama roliklarida o'z aktyorlik mahoratini namoyon etgan holda chiqish qilib kelayotgan edi. Albatta bu orada turli kompaniyalar "yuzi" sifatida ham o'z faoliyatini yuritganini alohida aytib o'tish o'rinli. Aslida 7 yoshidan boshlab vokal bilan shug'ullangan bu yosh xonanda endi-endi o'zini xonandalik bobida sinab ko'rish vaqti yetdi, degan xulosaga kelib, ilk taronalarini muxlislar hukmiga havola etishni boshladi. Darvoqe, u yoshligida bir qator tanlovlar g'olibi bo'lgani ham e'tiborga loyiq. 2010 yildan xonandalik ijodiga jiddiy kirishgan Farzod hozirda "Tun" deb nomlangan taronasini "A'lo FM" radiokanali orqali taqdim etmoqda. Mazkur qo'shiq "Aziya" studiyasida yozilgan bo'lib, uning matn muallifi Yakzon, aranjirovka muallifi esa Tim hisoblanadi. "Tun" taronasidan avval ijro etgan "Bu kecha" qo'shig'ini esa hozircha taqdim etmagan. Ha aytgancha, Farzodning fotosuratini ko'rishni istovchilar bizning portalni kuzatishda davom etsinlar. Shundagina, birinchilar qatorida uning fotosuratlari bilan tanishish imkoniga ega bo'lasiz. http://www.shou-biznes.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |